Ma'lumot

 

25.11.2021

TBC Bank Black Friday kunini e'lon qiladi!

Faqat 25 noyabrdan 28 noyabrgacha TBC UZ ilovasida foiz stavkasiga 50% gacha bo'lgan chegirma bilan TBC Kreditiga ega bo'lish imkoniyati mavjud.

  • Kafil va garovlarsiz
  • Qo'shimcha hujjatlarsiz
  • 3 oydan 36 oygacha

Shunchaki, siz rasmiy oylik maoshga hamda ijobiy kredit tarixiga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi.

TBC Bank - odamlar hayotini osonlashtiramiz!

 

22.11.2021

FOIZLAR BILAN TALAB QILIB OLINGUNCHA DEPOZIT HISOBVARAG’I BO’YICHA SHARTNOMAGA O’ZGARTIRISHLAR KIRITILISHI HAQIDA XABAR

Foizlarni hisoblash bilan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i bo’yicha shartnomaning 2.2.6-bandiga quyidagi tahrirda o’zgartirishlar kiritish haqida ma’lum qilamiz:

2.2.6 Foizlar operatsion kun davomidagi hisobvaraq qoldig’ining eng kam miqdoriga hisoblanadi, bunda hisobvaraqning eng kam miqdori kun davomida yechib olingan summalar qoldiqdan ayirib tashlangan holda hisoblanadi hamda operatsion kun davomida hisobvaraqqa kirim qilingan summalar eng kam qoldiqni hisoblashda inobatga olinmaydi. Hisoblangan foizlar mobil ilovada ko'rsatilmaydi.

Agar hisobvaraq bo’yicha bir operatsion kun davomida eng kam qoldiq summa 10 000 so’mdan kam bo’lsa, ushbu operatsion kun davomida foizlar hisoblanmaydi.

Shartnomaga kiritilgan o’zgartirishlar 2021 yilning 2 dekabr kunidan boshlab kuchga kiradi. Agar mazkur o’zgartirishlar bilan rozi bo’lmasangiz, TBC Bankga sizga qulay bo’lgan aloqa kanali orqali tegishli ariza bilan murojaat qilishingizni so’raymiz. TBC UZ ilovasida 2021 yil 2 dekabrdan keyin depozitdan foydalanishni davom ettirish orqali siz taklif qilinayotgan o’zgartirishlarga rozilik bildirasiz.

 

17.11.2021

MUDDATLI TBC DEPOZITDAN YILIGA 27% BILAN MAKSIMAL DAROMAD

Muddatli TBC Depozitdan yanada koʻproq daromad olishga ulgurib qoling!

TBC Bank’ning Muddatli TBC Depozitidan cheklangan taklif: 2021-yilning 30-noyabrga qadar muddatli omonat ochishga ulguring va 27% yillik daromadni qoʻlga kiriting.

Yangi yil bayrami arafasida Muddatli TBC Depozit misli koʻrilmagan shartlar asosida muddatli omonat ochishni taklif qiladi. Mazkur aksiya doirasida omonat muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi foiz stavkalari taqdim etiladi:

  • 24 oylik depozit uchun – yiliga 27%

  • 18 oylik depozit uchun – yiliga 26.5%

Muddatli TBC Depozit afzalliklari:

  • Depozit summasini istalgan vaqtingizda biror cheklovlarsiz toʻldira olasiz
  • Foizlar har oyda toʻlab beriladi
  • Muddatli depozitni ochish uchun minimal summa – 100 000 soʻmni tashkil etadi

Aksiyaning amal qilish muddati – 2021-yilning 17-noyabridan - 30-noyabrigacha.

TBC Depozit oching, istasangiz har kuni xohlagan summangizga toʻldiring va daromadingiz oyma-oy qanchalik oʻsib borayotganini kuzating.

TBC Bank — insonlar hayotini osonlashtiramiz!

Batafsil maʼlumotni bizning rasmiy kanallarimizdan topasiz:

Instagram: @tbcbankuzbekistan

Telegram: @tbc_bank_uzb

Website: tbcbank.uz

24/7 Baxt markazi telefon raqami: +998 78 777 27 27