TBC UZ ilovasini yuklab oling
O'zbekistondagi birinchi raqamli bank - oddiy xizmatlar va tezkor yechimlar
TBC Stars – bu har hafta o’tkaziladigan tanlovdir va ushbu tanlovda TBC Bankning 200 ta mijozi TBC UZ ilovasidan foydalangan holda pul mukofotlarini yutib olishi mumkin.
Toʻlaqonli ishtirokchiga aylanish uchun verifikatsiya jarayonidan oʻtish (hisob ochish/kartaga buyurtma berish va shartnoma imzolash) hamda TBC kartasiga ega boʻlish lozim.
Yutuqni qo’lga kiritish uchun TBC UZ ilovasida turli xil missiyalarni amalga oshiring va yulduzlarni (ballarni) to’plang. Agar hafta natijalariga ko’ra siz yetakchilar ro’yxatida top 200 ta foydalanuvchilar orasida bo’lsangiz, pul mukofotini olishingiz kafolatlanadi. Yetakchilar ro’yxatidagi o’rningizga qarab, maksimal pul mukofoti 3 000 000 so’m va minimal 50 000 so’m deb belgilangan.
“Do’stni taklif qilish” missiyasi
Messendjer yoki SMS yordamida do’stlaringizga yagona havolangizni yuborgan holda, ularni “Do’stni taklif qilish” bo’limi orqali taklif qilish zarur.
“TBC karta yordamida mobil aloqa uchun to’lovlar” missiyasi
“TBC karta yordamida boshqa xizmatlar uchun to’lovlar” missiyasi
“Kartani qo’shish va to’lash” missiyasi
TBC UZ ilovasida TBC kartasi yoki boshqa istalgan banklarning biriktirilgan (Uzcard, Humo) kartalari yordamida xizmatlar uchun to’lovlar amalga oshirilganida, sizga ushbu uchta missiya uchun 10 ta yulduz taqdim etiladi.
TBC UZ ilovasining To’lovlar bo’limidagi barcha xizmatlar (mobil to’lovlar, internet, kommunal xizmatlar va hokazo) ushbu missiyalarda ishtirok etadi.
“Birinchi kreditni olish” missiyasi
Birinchi kreditingizni olganingiz uchun sizga 15 000 ta yulduz taqdim etiladi
“Birinchi depozit” missiyasi
Birinchi depozitingiz uchun siz 10 000 ta yulduzga ega bo’lasiz. Yulduzlar 2021 yil 5 may kunidan boshlab yaratilgan birinchi depozit uchun beriladi. Birinchi depozitni istalgan summaga to’ldirganingiz uchun sizga yana 2000 ta yulduz taqdim etiladi (faqat bir marotaba, takroriy ravishda to’ldirilgan bo’lsa, yulduzlar berilmaydi). Agar siz bunga qadar TBC ilovasida depozit yaratgan bo’lsangiz, yulduzlar berilmaydi. Agar siz bundan avval TBC ilovasida depozitingizni to’ldirgan bo’lsangiz, yulduzlar berilmaydi.
“Pul o’tkazma” missiyasi
Siz ilovada pul o’tkazmalar uchun har hafta 5000 ta yulduzni qo’lga kiritishingiz mumkin. Hattoki agar siz bir nechta o’tkazmalarni amalga oshirgan bo’lsangiz ham, haftasiga (juma kuni soat 18:00 dan keyingi juma kuni soat 18:00 gacha) ushbu missiya uchun yulduzlarning umumiy soni 5000 tani tashkil etadi. Pulni istalgan summada o’tkazish mumkin. Hatto minimal ruxsat etilgan (1000 so’m) summa uchun siz 5000 ta yulduz olasiz. TBC UZ ilovasida barcha o’tkazmalar hisobga olinadi: kartalararo, telefon raqami orqali, havola va karta raqami orqali, eng asosiysi, o’tkazma TBC UZ ilovasida amalga oshirilgan bo’lsin.
“Shablon yaratish” missiyasi
Kommunal xizmatlar bo’yicha shablon yaratganingiz uchun sizga haftasiga 10 000 ta yulduz taqdim etiladi. Missiya shartlari:
1. Promo kod bilan taklif havolasi yuborilganidan so’ng, do’stingiz havola yordamida onboarding bosqichlaridan o’tishi kerak:
2. Ro’yxatdan o’tish bosqichidan so’ng (agar do’stingiz avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa), do’stingizda avtomatik ravishda “Do’stni taklif qilish” bo’limida sizning promo kodingiz ko’rinadi.
3. Onboarding jarayonidan keyin (do’stingiz kartani buyurtma qilganidan yoki hisobvarag’ini ochganidan so’ng), sizga 100 000 ta yulduz taqdim etiladi.
Har juma soat 18:00 da liderlar reytingidagi top 200 foydalanuvchiga pul yutuqlari topshiriladi va yangi kvalifikatsion davr boshlanadi.
Har juma soat 18:00da bir haftaik yutuqlar oʻyini tugatilib, keyingisiga start beriladi. Bunda oʻtgan haftada yigʻilgan yulduzchalar bekor qilinib, barcha ishtirokchilar yangi oʻyinni 0 ta yulduzcha bilan boshlaydi.
Yo’q. Yulduzlar TBC ilovasida faqat xizmatlar to’lovlari uchungina taqdim etiladi.